Har oyda minglab yurtdoshlarimizdan ushbu maʼlumotnoma so‘raladi. Endi uni olish uchun FHDYO bo‘limlarida navbat kutishlar ortda qoldi.

Qaysi maʼlumotnoma deysizmi?

Gap — Nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani olish haqida ketyapti.

Ushbu xizmat Yagona portalda ham ko‘rsatiladi va sizni vaqtni behuda sarflashdan qutqaradi.

Bu qanday ishlaydi?

Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan o‘tib maʼlumotnoma tuldiradi, so‘ng belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshiradi. So‘rovnoma FHDYO organiga yuboriladi.

FHDYO organi QR-kod qo‘yilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi hamda YIDXP orqali yuboradi.

Agar so‘rovnomada so‘ralayotgan maʼlumotlar FHDYO organida mavjud bo‘lmasa u tegishli ravishda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish arxivlariga yuboriladi va bu xaqda arizachi xabardor qilinadi.

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar haqidagi maʼlumot bu yerda: (https://my.gov.uz/oz/service/112)

Xizmat 3 ish kunida ko‘rsatiladi.

To‘lov miqdori — Yagona portal orqali murojaat kilinganida BHMning 4,5 foizi.

Xizmatdan foydalanish uchun ushbu havolaga o‘ting: https://my.gov.uz/oz/service/112

By G'ayrat Qurbonov

Bloger, iqtisodchi

Izoh qoldirish

%d bloggers like this: