Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro A.U.dan undiruvchi B.A.ning ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Holat bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Urgut tumani bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan. Biroq fuqaro A.U. ancha vaqtdan buyon beri aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelgan.

Hozirgi sharoitda muqim daromadi bo‘lmagan, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida byuroning Urgut tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tushuntirish va profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu jumladan, qarzdor A.U. bilan ham atroflicha suhbat va tushuntirish ishlari o‘tkazilib, farzandlarini moddiy jihatdan ta’minlash har bir otaning burchi ekanligi yotig‘i bilan tushuntirildi.

Tadbirda o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor shu kuni farzandlari ta’minoti uchun ularni voyaga yetguniga qadar hisoblab, 246 million 750 ming so‘m (23,5 ming dollar) to‘ladi.

Majburiy ijro byurosi Urgut tumani bo‘limi.

Manba: Zarafshon gazetasi

By G'ayrat Qurbonov

Bloger, iqtisodchi

Izoh qoldirish

%d bloggers like this: