Bu qanday amalga oshiriladi?
1. Arizachi davlat xizmatini elektron tarzda olish uchun YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tiladi.

2. So‘rovnomani to‘ldirib vakolatli organga yuboriladi.

3. Ariza yuborganidan so‘ng Arizachi Ma’lumotlarni yig‘ish punktiga (ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari yoki ayrim davlat xizmatlari markazlari) biografik ma’lumotlarini tizimga kiritish, shaxsning elektron ko‘rinishdagi qo‘l barmoq izlarini yig‘ish va shaxsni old tomondan raqamli formatda suratga olish uchun borishi kerak.

Tashkilot:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’limlari

Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy shaxslar

Xizmat ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar

  1. Fuqarolik pasporti
  2. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi
  3. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti
  4. Tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma
  5. O‘zbekiston Respblikasi fuqarosining ID kartasi
  6. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida yashash ID kartasi

Xizmat ko’rsatish muddati
1 ish kuni

Xizmat ko’rsatishning huquqiy asosi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6065-son Farmoni

Xizmat narxi
ID-kartani rasmiylashtirish uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.

By G'ayrat Qurbonov

Bloger, iqtisodchi

Izoh qoldirish

%d bloggers like this: