Urgut tumanining hududi Zarafshon togʻ tizmalarining davomi boʻlgan Chaqilikalon va Qoratepa togʻlarining yon bagʻirlarida, oʻrtacha 1000 m balandlikda joylashgan. Sharqiy, jan. va gʻarbiy qismlari pastbaland tekislik boʻlib, bir kancha soyliklar bor. Togʻ yon bagʻirlari slanets va ohaktosh qoyalaridan iborat, dare vodiylari tor, chuqur, qirgʻoqlari tik. Adirlar gʻovak va boʻsh choʻkindi jinslardan tashkil topgan.

Adirlardagi soylarning vodiylari keng . Ohaktosh jinslaridan tuzilgan joylarda torlar (Kiyev tri va boshqalar) bor. Chaqilikalon va Krratepa tog’lari orasidagi Taxtaqoracha dovoni (1675 m) orqali Katta O’zbekiston trakti o’tadi. Urgut kuchli seysmik xududlardan biri bo’lib, 7 balli zonaga kiradi. Omonqo’ton yaqinida va Chaqilikalonda marmar, ohaktosh, marganets, mis, volfram va boshqa foydali qazilmalar bor. Ikdimi keskin kontinental. Yanv.ning o’rtacha temperaturasi — 1,5°, eng past temperatura —25°, iyulning o’rtacha temperaturasi 24,4°, eng yuqori temperatura 49°. Yillik yog’in 459–500 mm. Yog’inning kup qismi qishda (34%) va bahorda (48%) tushadi. Oqqo’rg’on, G’ijduvonsoy, G’ussoy, Urgutsoy, Kamongaronsoy, Qoratepasoy, shuningdek, Darg’om, Yangiariq, Yangi Urgut, Yangi Qozonariq va boshqa kanallar bor. Tuproklari, asosan, bo’z tuproq. Qum, shag’al, qo’ng’ir, kashtan tuproqlar ham uchraydi. Tabiiy o’simliklardan qayrag’och, tol, qarag’ay, tog’ zarangi, pista, archa, achchiq bodom, bodom, do’lana, naʼmatak, rovoch, tog’ piyozi, zira va boshqa o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo’ri, qobon, quyon, tulki, jayra, tipratikan, har xil ilonlar, echkemar; qushlardan kaklik, mayna, chumchuq, qarg’a, jiblajibon, olashaqshaq, bedana, kaptar, musicha, qaldirg’och, bulbul, qizilishton, so’fito’rg’ay, boyo’g’li, sassiqpopishak, tog zog’chasi, bolg’atumshuq, qorayaloq, qarg’alar va boshqa bor.

By G'ayrat Qurbonov

Bloger, iqtisodchi

Izoh qoldirish

%d bloggers like this: