O‘zbekiston hukumati 2020-yil 15-noyabr kuni maxsus samolyotda Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami yubordi, deya xabar bermoqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston tomoni Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami sifatida tibbiy anjom, dori-darmon yuborgan. Kelgusida o‘zbek tomoni karantin konteynerlari, shuningdek, 3000 tonna bug‘doy yuborishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning insonparvarlik yordami maxsus samolyotda yuborilgan.

Vazirlikning ta’kidlashicha, yetkazilgan yordamda 100 ming juft bir martalik tibbiy qo‘lqop va 10 mingta tibbiyot kombinezoni, 2 mingta tibbiy himoya qiluvchi ko‘zoynak, 10 mingta test sinovlari, 5 ming quti “Remdesivir” va ming qutidagi “Geparin”, 4 ming dona “Natriy xlor”, shuningdek shpris va sistemalar mavjud.

Bundan tashqari, ikkita modulli, texnologik shifoxonalar qurilishi boshlandi. Tez kunlarda temiryo‘l aloqasi orqali navbatdagi insonparvarlik yordami yuborilishi kutilmoqda.

Unda karantin uchun 400 ta maxsus konteyner va 3 ming tonna bug‘doy keltirilishi ma’lum qilingan.

“Qirg‘iziston tomoni ko‘rsatilayotgan yordamni yuqori baholaydi va birodar O’zbekiston xalqiga mamlakatda koronavirus infektsiyasining tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar doirasidagi navbatdagi ko‘mak uchun minnatdorlik bildiradi”, – deyiladi vazirlik xabarida.

By G'ayrat Qurbonov

Bloger, iqtisodchi

Izoh qoldirish

%d bloggers like this: