Prezident «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, 2020 yil sentabr oyida aholining quyidagi qatlamlariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:

  • moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga («temir daftar») kiritilgan oilalarning 16 yoshga to‘lmagan bolalariga;
  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 16 yoshga to‘lmagan bolalariga;
  • nogironligi bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan bolalarga.

Bir martalik moddiy yordam miqdori har bir 16 yoshga to‘lmagan bola uchun 500 ming so‘m etib belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, moddiy yordam choralari bilan 810 mingdan ziyod bolalar qamrab olinadi va ular uchun budjet mablag‘lari hisobidan 400 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi.

Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda moddiy yordam mablag‘larini tarqatish uchun naqd pul bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ul etib belgilangan.

By G'ayrat Qurbonov

Bloger, iqtisodchi

Izoh qoldirish

%d bloggers like this: