Qabul-2020 uchun hujjat topshirishda qiyinchiliklarga duch keldingizmi, qanday ariza topshirishni bilmay turibsizmi, unda sizlarga yaqindan yordam beruvchi BEPUL telegram boti ishga tushirildi, siz hujjatlarni bepul topshirishingiz mumkin.!
Bunaqa bepul imkoniyatni hali hech qayerda taklif etilmagan, sinovli kunlarda abituriyentlarga yordam qilish maqsadida biz Olloh yo’lida shu ishni boshladik. Siz hujjatlaringizni 20-iyulgacha bemalol, bepul tarzda topshirishingiz mumkin, faqat bitta joyda siz adashmasligingiz kerak.!
Birinchi marta topshirayotgan (2020-yilda o’qishni tugatgan) abituriyentlar uchun davlat boji yo’q, hujjatlardan faqat passport talab qilinadi.!
Boshqa abituriyentlar uchun davlat bojini to’lash talab qilinadi, biz faqat hujjatlarni bepul tarzda topshirib beramiz, to’lovni o’zi hohlagan bank, paynet yoki to’lov tizimlari, Payme, Upay, Click orqali to’lashlari mumkin.!

Savollar va javoblar:.
1. To’lov qachon amalga oshiriladi?
Javob: Hujjatlarni to’liq topshirib bo’lgandan keyin, tizim avtomatik tarzda INVOYS yaratadi, ya’ni to’lov uchun elektron kvitansiya yaratadi, siz ushbu INVOYS raqamiga, bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida, (hozirda 111 500 so‘m) to‘lov amalga oshirish kerak bo‘ladi.

2. To’lov qaysi holatda olinmaydi?
Javob: Ijodiy imtihon topshiruvchilar va 2020-yilda maktab, kollejni tugatgan, nogironligi borlar va davlat ta’minotidagi shaxslar uchun to’lov olinmaydi.

3. 111500 so’m to’lovni to’lamasa nima bo’ladi?
Javob: Agar siz hujjat to’liq topshirib bo’lgach to’lov amalga oshirmasangiz, siz abituriyentlar safidan chiqarilasiz va test sinovlarida qatnasha olmaysiz.

4. DTM ro’xsatnomasi qachon va qayerda beriladi?
Javob: DTM ro’xsatnomasi 29-30 iyuldan boshlab dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetingizda olishingiz mumkin bo’ladi yoki @dtmhujjat_bot telegram botiga murojaat qilib olishingiz mumkin.!

5. Mustaqil ravishda o’zim online hujjat topshirmoqchiman, u qanday bajariladi?
Abituriyentlar abitur.dtm.uz sayti orqali ro‘xatdan o‘tish tartibi. Tizimga kirish uchun telefon raqam va maxfiy kalit so‘zni kiritish kerak.


Telefon raqamingizni kiritasiz va Davom etish tugmasini bosasiz.
Shundan so’ng yangi oyna hosil bo’ladi.


Bu yerda 8 belgidan iborat parolni kiritasiz (8 ta son, harif dan tashkil topgan belgilar, undan kam bo’lmasligi kerak) va robit emasligingizni tasdiqlaysiz 6*3= javobini yozasiz ya’ni =18, keyin, Kirish tugmasini bosasiz va sizga 5100 raqamidan sms kod boradi.

SMS kodni kiriting degan joyga kodni kiritasiz va Tasdiqlash tugmasini bosasiz.
Yangi oyna hosil bo’ladi va unda

Shartnoma shartlarini qabul qilish tugmasini bosasiz.

Shaxsiy ma’lumotlarni kiritish

Tizimga kirgandan so‘ng pasport ma’lumotlarini to‘ldirish so‘raladi.

Keyingi qatorlarda pasport seriyasi, pasport raqami va abituriyent millati kiritiladi. «Shaxsiy ma’lumotlarimdan foydalanishga roziman» bo‘limini tasdiqlab, «Saqlash» tugmasini bosish kerak.

Keyingi bosqichda abituriyent tugatgan ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlarni to‘ldiradi: muassasa turi, davlat, viloyat, tuman, muassasa nomi, ta’lim muassasasini tugatgan yili, hujjat seriyasi va raqami.

Agar abituriyentda imtiyozlar bo‘lsa

Agar abituriyent imtiyozga ega bo‘lsa, shaxsiy ma’lumotlarni kiritib bo‘lgach, bosh sahifada joylashgan «Imtiyozlar 2020» bo‘limida o‘z imtiyozlari haqidagi ma’lumotlarni kiritishi mumkin.

Imtiyozlar bo‘limida nogironligi bo‘lgan shaxslar, harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega, ko‘zi ojizlar, chet tili sertifikatiga ega abituriyentar o‘z imtiyozlarini kiritadi. Boshqa turdagi imtiyozlar tegishli idoralardan olingan ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi.

Agar abituriyent chet tili sertifikatiga ega bo‘lsa qo‘yidagi ma’lumotlarni to‘ldirishi kerak: hujjat seriyasi va raqami, hujjat berilgan sana, amal qilish muddati, chet tili turi, sertifikat turi, darajasi va hujjat rasmi. So‘ng, «Saqlash» tugmasini bosish kerak.

OTM tanlash

Shaxsiy ma’lumotlar va, agar mavjud bo‘lsa, imtiyozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritib bo‘lgach, abituriyent OTMlarni tanlash mumkin.

Suratda faqat uchta yo‘nalish ko‘rsatilgan. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berishicha, abituriyentlar beshta yo‘nalish tanlashlari mumkin.

Yo‘nalish tanlash qo‘yidagicha amalga oshiriladi:

  1. Ta’lim shaklini tanlanash: kunduzgi, sirtqi yoki kechgi.
  2. Ta’lim tilini tanlash: o‘zbekcha, ruscha, qoraqalpoqcha.
  3. Test topshirish grafikasini tanlash: lotincha yoki kirillcha.
  4. Birinchi tanlagan OTMga va yo‘nalishga qarab, mos bo‘lgan yana to‘rtta OTM va ularning yo‘nalishini tanlash imkoni beriladi.
  5. Test topshirish hududi: abituriyent test topshirish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan viloyatni tanlaydi.
  6. «Saqlash» tugmasi bosiladi.

Keyin ro‘yhatdan o‘tish paytida ko‘rsatilgan telefon raqamiga maxsus SMS-kod keladi va uni qo‘yidagi bo‘limga kiritish kerak:

Shundan so‘ng, abituriyent qayd varaqasi shakllanadi.

Agar abituriyent tizimga kirish parolini yo‘qotib qo‘ysa, parolni tiklash bo‘limi orqali parolini tiklashi yoki o‘zgartirishi mumkin.

Invoys to‘lov

Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlarning test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida, (hozirda 111 500 so‘m) to‘lov amalga oshirish kerak bo‘ladi. Ariza to‘ldirilgach, abituriyent qayd varaqasining quyi qismida invoys hosil bo‘ladi va to‘lovni belgingan muddatda to‘lash shart. To‘lovni elektron to‘lov tizimlari (click, payme, upay, paynet va boshqalar) yoki bank kassalari orqali amalga oshirish mumkin.


Nogironligi bo‘lgan yoki davlat ta’minotidagi shaxslar bu to‘lovni amalga oshirmaydi.

Ma’lumotlar to‘liq va to‘g‘ri kiritilgach, telefon raqamiga «Siz ro‘yxatdan o‘tdingiz» mazmunida sms-xabar keladi.

Abituriyent ro‘yxatdan o‘tish muddati tugagunga qadar (20 iyulgacha) imtiyozlarini, tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini, doimiy yashash manzilini va tugatgan ta’lim muassasasini o‘zgartirishi mumkin.

By G'ayrat Qurbonov

Bloger, iqtisodchi

Izoh qoldirish

%d bloggers like this: