Men bir narsaga ajablanamanda. Viloyatimizda ammal qilayotgan karantin qoidalari negadir Urgut tumaniga borib yo‘qolib qoladi. Respublikamizda xotira va qadirlash kunida qabristonga ziyoratga bormadik, to‘g‘rimi? Hozirda ayrim ziyoratgohlar yashil va sariq hududlarda ochildi. Lekin Ziyorat uchun qabristonlar ochildi degan xabarni hech qayerda o‘qimadim, ko‘rmadim. 

Yana bir gap Ziyorat uchun qabristonlar ochildi ham deylik, lekin bu ayni damda qizil hudud hisoblangan Urgut tumaniga ta’luqli emas menimcha. 

Buni o‘qiganlar sen ham odamisan, oxiratda boradigan joying qabriston emasmi deyishi mumkin albatta. To‘g‘ri men ham odamman, dinim Islom, faqat zamon talabi shunday.

Men Urgut tumani haqida ko‘pgina negativ fikrlar yozdim nega? Bunga yagona sabab shuki ayrim xabarlarni o‘qib hayron qolaman! Urgutda nega bunchalik odamni ensasini qotiradigan, g‘aroyib fikrlar bor, deb yozmoqda Samarqandpress, Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
Bu so’zlar qanchalik to’g’ri yoki noto’g’riligini izohlash o’zingizdan, balkim u haqdir, balkim bu haq, asosiysi chegaradan chiqmaslik va odamiylikni yo’qotmaslik. Hasharni o’tkazishda ham qoidalarga amal qilgan holda o’tkazish mumkin, shunday sinovli kunlarda insof va iymondan uzoqlashmang do’stlar.

Urgut tumani har sohada birinchilardan bo’lishi kerak, kimdir negativ fikir bildirishi bu o’zining fikri deb o’ylayman.

By G'ayrat Qurbonov

Bloger, iqtisodchi

Izoh qoldirish

%d bloggers like this: