Davlat test markazi tomonidan rasmiy veb-sayti orqali abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha kengaytirilgan videoqo‘llanma taqdim etildi.

Abituriyentlarni masofadan (uydan chiqmasdan) turib shaxsiy kompyuter yoki mobil telefonlari orqali hujjat topshirishlari uchun qo’lay tizim joriy etildi, siz video yo’riqnoma orqali to’liq tanishib chiqishingiz mumkin.
Abituriyentlar ro’yxatdan o’tgandan so’ng to’lovlarni Click, PayME, UPAY va Paynet orqali amalga oshirishlari mumkin, nogironlar, birinchi yil hujjat topshirayotganlar uchun to’lov olinmaydi, qolgan abituriyentlar uchun eng kam ish haqqining 50% yani 111500 so’m (bir yuz o’n bir ming besh yuz so’m) miqdorida to’lovni amalga oshirish talab etiladi.


Abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida hujjat topshirishlari uchun maxsus telegram bot (https://t.me/dtmhujjat_bot) ochilmoqda, siz bu bot orqali ham hujjat topshirishingiz mumkin, buning uchun quyidagi hujjatlarni telefoningizdan rasmga olib telegram botiga yuborish talab etiladi.

  • Passportni ma’lumotlar tomoni hamda ro’yxatga olingan tomoni
  • Diplomni ilovasiz rasmga olingan shakli.
  • Telefon raqamli.

Ushbu hujjatlarni to’liq taqdim etgandan so’ng sizga to’lov qilish uchun maxsus Invosy raqami beriladi, to’lov qilingach sizga Davlat Test Markazi tomonidan DTM hujjati beriladi, bu hujjatni telegram bot orqali olishingiz mumkin va hohlagan vaqtda biror joydan qog’ozga chop etib, chiqarib olishingiz mumkin.
Qo’shimcha ma’lumotlarni Davlat Test Markazining rasmiy veb saytidan olishingiz mumkin.
https://dtm.uz

By G'ayrat Qurbonov

Bloger, iqtisodchi

Izoh qoldirish

%d bloggers like this: