13-14 may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali xorijiy janubiy hududlar (Eron) ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi.

Ushbu sanalarda respublikada vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 13-14 may kunlari ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, respublikaning ba’zi tumanlariga do‘l yog‘ishi ehtimoli bor.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

Shamolning tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi, shamol shiddati 23-28 m/s.gacha yetishi mumkin.

By G'ayrat Qurbonov

Bloger, iqtisodchi

Izoh qoldirish

%d bloggers like this: