4G’ning 3G’dan tez ekanligini sezmaslik uchun g‘orda yashash kerak. Lekin aslida 4G 3G’dan qanchalik tezroq?

4G’ning maksimal darajadagi yuklab olish tezligi 60 Mbit/soniyani tashkil qiladi, bu esa 3G’ga nisbatan 20 baravar ko‘proq.
Nazariy jihatdan, 4G tezligi 300 Mbit/s dan oshadi, ammo bunga faqat laboratoriya sharoitida erishish mumkin, xolos.
Internet tarmog‘i bo‘yicha tezlik
4G qanchalik tezligini tushunish uchun biz texnologiyasi eski uyali aloqa tarmoqlari, ya’ni 3G va 3G HSPA+ texnologiyalariga nisbatan qarashimiz kerak. Buning uchun 4G LTE’ning nazariy va real ishlashini ko‘rib chiqamiz.
Mobil tarmoq tezligini o‘lchash haqida gap ketganda, qiziqish uyg‘otadigan ikkita holat mavjud: nazariy va real tezligi.
Nazariy tezlik – bu mukammal sharoitga ega bo‘lgan laboratoriya muhitida erishish mumkin bo‘lgan tezlik, real tezligi esa har kuni telefon orqali haqiqiy mobil tarmoqdan foydalanishda kuzatish mumkin bo‘lgan tezlikdir.
Tarmoq tezligini aniqlash uchun biz tarmoqdan yuklab olish va tarmoqqa yuklash tezligini solishtiramiz.
Yuklab olish tezligi – bu internetdan telefoningizga yoki boshqa mobil qurilmangizga mobil ma’lumot uzatish tezligi. Masalan, video yuklab olish. Yuklash tezligi esa – ma’lumotni telefoningiz yoki mobil qurilmangizdan internetga uzatish tezligidir. Masalan, Facebook’ka rasm yuklash.

3G – bu odatda ko‘rish mumkin bo‘lgan eng sekin tezlik. 3G’ning real tezligi 3 Mbit/s va nazariy maksimal yuklab olish tezligi 7.2 Mbit/s ga teng. Agar siz videoni YouTube’dan 3G orqali yuklamoqchi bo‘lsangiz, masalan, uni yuklash uchun o‘n soniya kutishingizga to‘g‘ri keladi. 500 MB hajmdagi faylni yuklab olish 22 daqiqaga yaqin vaqtni oladi, kattaroq dasturlar, filmlar va albomlarni ko‘chirib olish esa bundan-da uzoq davom etadi.
3G’ning tarmoqqa yuklash tezligi yuklab olish tezligidan ancha past, odatiy tezligi 0.4 Mbit/s va nazariy chegarasi 2 Mbit/s . Amalda, 3G veb-sahifalarni ko‘rish va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun juda yaxshi, sahifalarni yuklash uchun bir necha soniya kutiladi, xolos. 10 MB hajmli fayl yoki rasmni yuklash uchun 25 soniya kerak bo‘ladi.
3G HSPA+ – bu 3G’ning takomillashtirilgan versiyasidir. Ushbu texnologiyada doimiy tezlik, odatda, 6 Mbit/s, nazariy jihatdan maksimal tezlik sa 42 Mbit/s tashkil etadi. Bunda video taxminan 5 soniya yuklab olinadi. O‘rtacha hajmdagi ilovalarni esa bir daqiqada yuklab olish mumkin, shu bilan birga yuqorida aytib o‘tilgan 500 MB faylni yuklab olish uchun 11 daqiqa vaqt ketadi.
3G HSPA+ tarmoqqa yuklash tezligi 3 Mbit/s gacha, nazariy maksimal esa 22 Mbit/s gachani tashkil qiladi. 10 MB fayl yoki rasmni yuklab olish uchun atigi 8 soniya vaqt kerak bo‘ladi.

By G'ayrat Qurbonov

Bloger, iqtisodchi

Izoh qoldirish

%d bloggers like this: