Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 90 nafarga ko‘paydi, vafot etganlar 20 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib Aziya-Plyus nashri xabar bergan.
Jami kasallanganlar soni 612 nafar yetdi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, yana 6 kishi koronavirus sabab vafot etgan.

Koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha Tojikiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Worldometers ma’lumotiga ko‘ra, mintaqadagi eng ko‘p o‘lim holati Qozog‘istonda (31 nafar) qayd etilgan. Tojikistonda 20 kishi, Qirg‘izistonda 12 kishi va O‘zbekistonda 10 kishi koronavirus qurboniga aylangan bo‘lsa, Turkmanistonda rasman koronavirus aniqlanmagan.Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Tojikistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam sifatida tibbiy konteynerlar va shifokorlar guruhini yuborgandi.

By G'ayrat Qurbonov

Bloger, iqtisodchi

Izoh qoldirish

%d bloggers like this: