Mehnat fronti faxriylariga esdalik medallari topshirildi

Urgut tumani hokimi Mamatjon Turdiyev, tuman Mudofaa bo‘limi va bir qator mas’ul shaxslar bilan birgalikda Urgut tumani Mirzobog‘lon-Chep mahallasida yashovchi Urush qatnashchisi Nuraliyev Sherali boboni “Gʻalabaning 75 yilligi» hamda “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining urush qatnashchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirilib, Sh.Nuraliyevga 10 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘i, “Gʻalabaning 75 yilligi” ko‘krak nishoni hamda Rossiya Federasiyasidan maxsus sovg‘a – “75 let v Velikoy otechestvennoy voyne 1941-1945gg” esdalik yubiliy nishonini taqdim etishdi.
Shuningdek, “O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi” hamda “O‘zbekistonlik ikkinchi jahon urushi qahramonlari” nomli urush xotiralari muhrlangan kitoblar sovg‘a qilindi.

Manba: Urgut tumani hokimligi axborot xizmati

By G'ayrat Qurbonov

Bloger, iqtisodchi

Izoh qoldirish

%d bloggers like this: