Shu yilning 5-may kuni e’lon qilinishi kutilayotgan Green Card natijalari rasman 6-iyunga qoldirildi, deb yozmoqda AQSh hukumatining Twitterdagi rasmiy sahifasi.

Har yili, AQSH hukumati «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – DV» dasturi doirasida 50000 ta doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi. Vizalar so‘nggi besh yil ichidagi AQSHga immigrasiya ko‘rsatkichlari asosida olti mintaqaviy hudud orasida taqsimlanadi; bunda AQSHga immigrasiya ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hududlarga ko‘proq viza miqdori belgilanadi. Vizaga murojaat etuvchilar kompyuter orqali amalga oshiriladigan tasodifiy tanlov lotereyasi yordamida saralanadi. Shaxsning ismi lotereyada tanlanishi unga immigrasion vizaga murojaat etish jarayonining keyingi bosqichlarini o‘tish imkoniyatini beradi. Batafsil ma’lumot uchun Turli millatga mansub immigrantlar vizasi dasturiga oid qo‘shimcha ma’lumotlarga murojaat eting.

By G'ayrat Qurbonov

Bloger, iqtisodchi

Izoh qoldirish

%d bloggers like this: