O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, bugun Dushanbega Mudofaa vazirligi samolyotida navbatdagi gumanitar yordam yetkazildi. Bu haqda Asia-Plus nashri xabar bermoqda.

Toshkentdan Dushanbega 10 ta IVL apparati, dori-darmonlar, tibbiy himoya vositalari yuborildi. Shuningdek, 8 nafar o‘zbek vrach-virusologlari ham koronavirusga qarshi kurashishda Tojikistonga yordam beradi.

«Vrachlar Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tayinlagan shifoxonalarda ishlashni boshlaydi», deydi Dushanbe hokimligi vakili.

5 may kuni ikki davlat rahbarlari epidemiologik vaziyat rivojini nazorat qilish va koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olgan edilar.

Hozirda Tojikistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 461 kishiga yetdi.

By G'ayrat Qurbonov

Bloger, iqtisodchi

Izoh qoldirish

%d bloggers like this: