O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 may kuni qardosh Tojikistonga beg‘araz yordam sifatida zudlik bilan 144 ta mobil tibbiy konteynet jo‘natish haqida buyruq berdi. 

Koronavirus bilan og‘rigan bemorlar uchun mo‘ljallangan konteynerlar bugun ertalab temiryo‘l orqali Dushanbega yetkazildi. Bu haqda Asia-Plus nashri xabar bermoqda.

«Bunday konteynerlar joy yetmayotgan kasalxonalar o‘rniga ishlatilishi mumkin», dedi O‘zbekistonning Tojikistondagi diplomatik korpusi vakili.

Konteynerlarda ko‘rpa-to‘shakli yotoq, hammom, hojatxona va konditsioner mavjud.

Konteynerlar «Bofanda» stadioniga o‘rnatiladi va u yerda ko‘chma kasalxona tashkil etiladi.  

By G'ayrat Qurbonov

Bloger, iqtisodchi

Izoh qoldirish

%d bloggers like this: