O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2204 dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 15 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 5 may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2204 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi xabarda.

Ayni vaqtgacha jami 1454 kishi kasallikdan sog‘aygan, 10 bemor vafot etgan, 740 bemor shifoxonalarda davolanmoqda.

Shifoxonalarda qolayotgan bemorlarning 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.

4 may kuni 10,5 mingdan ko‘proq virusologik tekshirishlar o‘tkazilgan, shu vaqtgacha jami 335 ming kishi test qilingan.

By G'ayrat Qurbonov

Bloger, iqtisodchi

Izoh qoldirish

%d bloggers like this: