Ayni paytda import amaliyoti ikkita 220 kVli yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari orqali amalga oshirilmoqda. 

2020 yil 2 may kuni O‘zbekistonda energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash hamda iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlanish maqsadida «O‘zbekiston MET» AJ va «Barki Tochik» kompaniyasi o‘rtasida joriy yilning may-sentabr oylari uchun shartnoma imzolandi.

«O‘zbekiston MET» AJ axborot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytda import amaliyoti ikkita 220 kVli yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari orqali amalga oshirilmoqda. Shartnomaga asosan yoz oylarida elektr energiyasi va suv resurslariga ehtiyoj ortadigan davr uchun import hajmlarini 500 kVli tarmoqlar orqali ko‘paytirish ham nazarda tutilgan.

Bildirilishicha, yozgi vegetatsiya, ya’ni qishloq xo‘jaligidagi sug‘orish mavsumida Tojikiston gidroelektr stansiyalari suv omborida to‘plangan suvlarni sarflash jarayonida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini O‘zbekistonga eksport qilish amaliyoti mavjud bo‘lib, bu mamlakat suv havzalariga kirib keladigan tabiiy suv oqimini oshirishga xizmat qiladi.


Manba: kun.uz

By G'ayrat Qurbonov

Bloger, iqtisodchi

Izoh qoldirish

%d bloggers like this: