Favqulodda vaziyatlar vazirligi kanalida shu kuni Samarqand viloyatida kuchli yomg‘ir haqida ma’lumot berilgan.
O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonlari ustida shakllangan nam havo oqimi kirib kelishi kutilayotgani haqida xabar beradi.
Viloyatning tog’li hududlarida 1-2-may kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamolning tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda shamol shiddati 23-28 m/s.gacha yetadi. Shuningdek, 30 aprel-3 may kunlari kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi bor», deyiladi xabarda.

Ijtimoiy tarmoqda Jizzax viloyatida ro‘y bergan sel mollar podasini oqizib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Bu holat 29 aprel kuni viloyatning Sharof Rashidov tumani hududida sodir bo‘lgan.

Hurmatli Urgutliklar siz ham ogoh bo’ling, mol va podalaringizni soy oldi joylarga boqmang.!

By G'ayrat Qurbonov

Bloger, iqtisodchi

Izoh qoldirish

%d bloggers like this: